
- 0
- 22.07.2026 16:39:00
- 1 daq o'qish
Navoiy viloyatidagi “Muruntov” koni hududida “BelAZ” avtoag‘dargichi va xizmat avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar ishchi halok bo‘ldi.
“NKMK” AJ ma’lum qilishicha, fojia 21-iyul kuni soat 05:30 atrofida yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda “BelAZ” xizmat avtomobilini bosib ketgani oqibatida mashina deyarli pachaqlanib ketgani aks etgan.

Hozirda hodisa yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, maxsus komissiya tomonidan avariyaning sodir bo‘lish sabablari o‘rganilmoqda.
“NKMK”da bunday hodisalarning takrorlanmasligi uchun qo‘shimcha xavfsizlik choralari ko‘rilishi ma’lum qilindi.