
- 7
- 06.03.2023 13:08:00
O‘zbekistonlik ikki dzyudochi “Katta dubulg‘a” turnirida chempion bo‘ldi
Toshkent mezbonligida o‘tgan dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi yakunlandi.
So‘nggi kungi bellashuvlarda 20 nafar o‘zbekistonlik dzyudochi tatamiga chiqdi. Davlat Bobonov (-90 kg) va Alisher Yusupov (+100 kg) barcha raqiblarini mag‘lub etib, musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi “Katta dubulg‘a” musobaqasida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi. Ma’lumot uchun, mazkur turnirdagi 8 ta medal O‘zbekiston terma jamoasi uchun rekord natija hisoblanadi.