• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Bryusselda ikki nafar Shvetsiya fuqarosi terrorchi tomonidan otib o‘ldirildi

Bryusselda ikki nafar Shvetsiya fuqarosi terrorchi tomonidan otib o‘ldirildi
  • 3
  • 17.10.2023 09:12:00

Bryusselda ikki nafar Shvetsiya fuqarosi terrorchi tomonidan otib o‘ldirildi

Belgiya poytaxtida Shvetsiyaning ikki fuqarosini otib o‘ldirgan jinoyatchi “Islomiy davlat” terrorchilik guruhidan bo‘lgan֪ – degan Belgiya federal prokuraturasi vakili Erik Van Duys.

17-oktyabr, seshanba oqshomida Bryusselda terrorchilik xavfining eng yuqori darajasi e'lon qilingan. Hujum qurbonlari Shvetsiya fuqarolari bo‘lgan, buni Belgiya bosh vaziri Aleksandr De Kroo tasdiqlagan.

Belgiya federal prokuraturasi vakili Erik Van Duysning so‘zlariga ko‘ra, hujumni sodir etgan jinoyatchi “Islomiy davlat” terrorchilik guruhidan ilhomlangan. Van Duys, shuningdek, shahar aholisini “tahdid tugamaguncha” uylarda qolishga chaqirgan. Jinoyatchi qochishga muvaffaq bo‘lgan, uni qidirish ishlari olib borilmoqda deyiladi xabarda.

Hujum mahalliy vaqt bilan soat 19:00 dan ko‘p o‘tmay, Bryussel shimolida Belgiya va Shvetsiya terma jamoalari uchrashishi kerak bo‘lgan Qirol Boduen stadionida futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining saralash o‘yini boshlanishidan oldin sodir bo‘lgan. Natijada, hujum haqida xabar berilganidan keyin va ikkala jamoa va mahalliy politsiya rasmiylari bilan maslahatlashgandan so‘ng, o‘yin 1:1 hisobida to‘xtatilgan.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News