
- 0
- 31.10.2026 13:05:00
- 1 daq o'qish
Turkiyaning Bolu shahrida joylashgan Yetti ko‘l milliy bog‘i o‘zining betakror tabiati, sokin ko‘llari va zich o‘rmonlari bilan kishini maftun etadi. Kuz kelishi bilan daraxtlar sariq, qizil va to‘q sariq ranglarga burkanib, ko‘l yuzasida ajoyib manzaralarni aks ettiradi. Bu yerda o‘rmonlar orasida sayr qilish, musaffo tabiatdan bahramand bo‘lish va unutilmas suratlar olish mumkin. Agar tabiat qo‘ynida hordiq chiqarishni istasangiz, Yetti ko‘l milliy bog‘i sayohat uchun ajoyib manzil! 🍁
📍 Manzil: Bolu, Turkiya