
- 44
- 04.11.2025 16:14:00
Turkiyalik aktrisa dunyo yulduzlari bilan birga — Qatar turizmini targ‘ib qilmoqda
O‘zbekiston tomoshabinlariga “Malikam, endi qara” serialidagi roli orqali tanish bo‘lgan mashhur turkiyalik aktrisa Hande Erchel endi xalqaro miqyosdagi reklama loyihasida ishtirok etmoqda.
U Qatar turizmini targ‘ib qiluvchi yangi “Visit Qatar” kampaniyasida dunyoning yetakchi sport yulduzlari bilan bir safda ko‘rinish berdi. Reklama Hamad xalqaro aeroportida suratga olingan bo‘lib, Qatarni yil davomida madaniy, sport va ko‘ngilochar tadbirlar markazi sifatida namoyish etadi.
Eng katta e’tibor esa Hande Erchelning futbol afsonasi Devid Bekhem bilan birgalikdagi sahnalari bo‘ldi — bu lavhalar jahon OAVda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Bir so‘z bilan aytganda, Hande Erchel o‘zining go‘zalligi va jozibasi bilan nafaqat ekranlarda, balki xalqaro turizm sahnasida ham porlamoqda





