
- 0
- 11.04.2026 17:27:00
- 1 daq o'qish
Turkiyaning “Chag‘ri Bey” kemasi Somaliga yetib keldi va mamlakat tarixidagi ilk xorijiy chuqur suv burg‘ulash missiyasiga start berdi.
Kema Mogadisho qirg‘og‘idan 372 km uzoqlikda joylashgan Curad-1 qudug‘ida ish olib boradi. Loyiha 288 kun davom etib, 7500 metr chuqurlikkacha burg‘ulash rejalashtirilgan.
Turkiya energetika vaziri Alparslan Bayraktarning aytishicha, ushbu loyiha ikki davlat o‘rtasidagi energetika hamkorligini yangi bosqichga olib chiqadi hamda Afrika shoxi mintaqasini istiqbolli neft-gaz markaziga aylantirishi mumkin.
Turk bayrog‘i ostidagi “Chag‘ri Bey” burg‘ulash kemasini ko‘rgan Somali aholisi plyajlarga yugurdi. Somali mineral resurslar vaziri Dahir Shire Mohamed kemaning kelishi mamlakat uchun tarixiy kun bo‘lib, resurslarni rivojlantirish uchun yangi umid baxsh etishini aytdi.