10 yil mehnat qilgan tozalik xodimlarining farzandlariga kontrakt to‘lab beriladi

10 yil mehnat qilgan tozalik xodimlarining farzandlariga kontrakt to‘lab beriladi
  • 3
  • 01.09.2026 19:43:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda “Tabiat uyg‘unligi himoyachisi” tanloviga arizalar qabuli boshlandi. Arizalar 1-sentabrdan 1-oktabrgacha qabul qilinadi. Tanlovda chiqindi yuklash, tashish, joylashtirish va saralash hamda obodonlashtirish ishlarida kamida 10 yil samarali mehnat qilgan xodimlar ishtirok etishi mumkin.
❗️Ariza uchun quyidagi hujjatlar kerak:

🔹pasport yoki ID-karta nusxasi;
🔹3×4 sm hajmdagi rangli fotosurat;
🔹ma’lumotnoma (obyektivka);
🔹so‘nggi 3 yildagi ishlar va erishilgan natijalar ko‘rsatilgan tavsifnoma;
🔹farzandi yoki nevarasining davlat OTMida kontrakt asosida tahsil olayotgani haqidagi ma’lumotnoma va shartnoma nusxasi;
🔹talabaning nomzodga qarindoshligini tasdiqlovchi hujjat.

Tanlov g‘olibi bo‘lgan 100 nafar xodimning davlat oliy ta’lim muassasasiga kontrakt asosida o‘qishga kirgan farzandi yoki nevarasining bir yillik kontrakt to‘lovi qoplab beriladi. To‘lov miqdori BHMning 30 baravaridan oshmaydi.
Imtiyozdan foydalangan talabalar kelgusida davlat organlari va tashkilotlarida kamida 3 yil ishlab berishi kerak.
Tanlov 2024-yildan Prezident farmoni asosida o‘tkazib kelinmoqda. 2025-yilda g‘oliblar farzandlarining kontrakt to‘lovlari uchun 916 mln 718 ming so‘m ajratilgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News