- 2
- 31.03.2023 14:13:00
Arqon tortish
Arqon tortish — bunda ikki jamoa jismoniy kuch va maʼlum taktikalar yordamida bir-birini yutishga harakat qiladi.
O‘yin vaqtida o‘rtaga hakam tayinlanadi. Ikkala guruh o‘yinchilari bir-birlari bilan yuzma-yuz turadi. O‘rtada ko‘ndalang chiziq chiziladi. Arqonning ham o‘rtasiga qizil ip bog‘lab qo‘yishadi. Qaysi guruh raqibning barcha a’zolarini chegara chizig‘idan o‘zi tomonga olib o‘tsa, o‘yin to‘xtatiladi va g‘olib bo‘ladi.