
- 2
- 03.03.2026 15:56:00
- 1 daq o'qish
Amerikalik jurnalist Taker Karlson o‘zining Taker Karlson shou dasturida Qatar va Saudiya Arabistoni rasmiylari ushbu mamlakatlarda bombali hujumlar rejalashtirgan Mossad agentlarini hibsga olganini aytdi.
Karlsonning ta’kidlashicha, Isroil Fors ko‘rfazi mamlakatlarini raqib deb biladi va ularga zarar yetkazmoqchi. Uning fikricha, bu beqarorlik va tartibsizlik keltirib chiqarish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, u Isroil Eron bilan bir qatorda Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Ummon va Quvaytga ham zarar yetkazmoqchi bo‘lganini da’vo qildi.