
- 7
- 28.09.2024 17:12:00
Tramp u haqidagi yomon xabarlar uchun Google’ni sudga bermoqchi
Donald Tramp AQSH prezidentligiga qayta saylansa, Google kompaniyasini javobgarlikka tortish bilan tahdid qildi. Tramp qidiruv tizimi u haqida faqat yomon xabarlarni, Kamala Harris haqida esa faqat yaxshi xabarlarni chiqarib berishini aytgan.
Shuningdek Tramp AQSh Adliya vazirligi bunday “saylovga ochiq aralashish” uchun aybdorlarni javobgarlikka tortishiga umid bildirdi. Kompaniya esa sobiq prezidentning ayblovlarini rad etdi. Google ma’lum qilishicha, kompaniya o‘z algoritmlarini o‘zgartirmagan va xabarlar qidiruv so‘roviga muvofiq ko‘rsatiladi.





