
- 2
- 10.11.2025 10:36:00
- 1 daq o'qish
AQSH prezidenti Donald Tramp bojxona daromadidan har bir fuqaroga 2 ming dollar to‘lanishini aytdi. U bu fikrini Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
Trampning aytishicha, inflyatsiya deyarli nolga teng, fond bozori rekord ko‘rsatkichlarga erishgan va AQSHda sanoat investitsiyalari ortib bormoqda. Har bir fuqaroga (yuqori daromadlilar bundan mustasno) kamida 2 ming dollar “dividend” beriladi.
Biroq Tramp bu pullarni tarqatish bo‘yicha aniq qadamlarni hali belgilamagan. Shu bilan birga, inflyatsiya hali ham 3% darajasida saqlanib, Nyu-York va boshqa yirik shaharlarda uy-joy ijarasi yuqori bo‘lib qolmoqda. Fond bozoridagi narxlar esa sun’iy intellekt sarmoyalari sabab sun’iy oshishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar mavjud.