Tramp o‘z surati tushirilgan 100 dollarni e’lon qildi

Tramp o‘z surati tushirilgan 100 dollarni e’lon qildi
  • 0
  • 14.05.2026 10:31:00
  • 1 daq o'qish

Donald Tramp ijtimoiy tarmoqda o‘z portreti tushirilgan 100 dollarlik banknota tasvirini ulashdi.
Unda Benjamin Franklin o‘rniga Trampning surati joylashtirilgan. Shuningdek, “In God We Trust” (“Biz Xudoga ishonamiz”) yozuvi ham o‘zgartirilib, uning o‘rniga “God bless Donald Trump” (“Xudo Donald Trampni asrasin”) jumlasi yozilgan hamda o‘ziniki bilan birga vitse-prezident J.D. Vensning ham imzosi aks etgan.

Avvalroq AQSHda mustaqillikning 250 yilligi munosabati bilan muqovasiga Tramp portreti tushirilgan pasportlar chiqarilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News