
- 0
- 07.03.2026 08:18:00
- 1 daq o'qish
Tramp Oq uyda turli shtatlardan kelgan ruhoniylar bilan birgalikda jamoaviy duo qildi. Ular Trampga mamlakatni boshqarishda kuch va donolik berishini so‘rab ibodat qilishdi. Duo vaqtida ruhoniylar Xudodan Trampning qalbi va ongini donolik bilan to‘ldirishini hamda og‘ir vaziyatlarda unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishini so‘rashgan. Shuningdek, ular AQSH harbiylari va qurolli kuchlar safida xizmat qilayotgan barcha ayollar va erkaklar uchun ham duo qilishdi.