- 7
- 06.02.2026 09:56:00
- 1 daq o'qish
AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtonda o‘tkazilgan Milliy ibodat nonushtasida nutq so‘zlar ekan, jannatga tushishi kerakligini, biroq o‘zini buning uchun ideal nomzod deb hisoblamasligini aytdi.
U OAVni o‘z so‘zlarini noto‘g‘ri talqin qilishda aybladi. Trampning aytishicha, avvalgi chiqishlaridan birida hazil tariqasida “jannatga tusholmasligini” aytgan, biroq bu gaplar jiddiy qabul qilingan. “Men shunchaki hazillashgandim. Aslida esa, ehtimol jannatga tushishim kerak, deb o‘ylayman. Mukammal bo‘lmasam-da, mukammal insonlar uchun juda ko‘p yaxshi ishlar qildim”, — dedi AQSH prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, Tramp 2025-yil avgust oyida Fox News telekanaliga bergan intervyusida ham jannatga tushishga umid qilayotganini bildirgan va bu borada Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish yo‘lidagi sa’y-harakatlariga ishora qilgan.