Tramp va Netanyaxu G‘azodagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldi

Tramp va Netanyaxu G‘azodagi urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldi
  • 0
  • 30.09.2025 12:20:00
  • 1 daq o'qish

29-sentabr kuni Oq uyda Tramp va Netanyaxu G‘azodagi urushni tugatish rejasi bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi. Tramp Isroilni “eng yaqin do‘st” deb atab, agar HAMAS tinchlikni rad etsa, Netanyaxuni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Netanyaxu esa Trampning rejasi Isroilning urushdagi maqsadlariga mos kelishini bildirdi.

Isroil urushni to‘xtatish shartlari: HAMAS qurolni tashlashi, garovdagilarni ozod qilishi va G‘azoda xalqaro nazorat o‘rnatilishiga rozi bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng Isroil bosqichma-bosqich qo‘shinlarni olib chiqadi. Agar HAMAS rozi bo‘lsa, o‘t ochish to‘xtaydi va G‘azo qayta tiklanadi. Rad etsa, AQSH Isroilni to‘liq qo‘llaydi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News