
- 19
- 11.09.2024 16:09:00
Tramp va Harris: Debatda nimalar deyildi?
AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Tramp o‘rtasida noyabrdagi saylovlar oldidan debat bo‘lib o‘tdi. Ular asosan, iqtisodiyot, Rossiya-Ukraina, Isroil-Hamas urushi va migrantlar haqida bahslashishdi. Tramp AQSHda migrantlar go‘yoki mushuk hamda itlarni yeyayotganini aytdi, boshlovchi esa mazkur mish-mishlarni rasman rad etilganini eslatdi. Bundan tashqari, u Harrisning otasini “marksist”likda ayblagan. Harris Isroil-Hamas urushi haqida bu urush yakunlanishi kerak. Unga zudlik bilan barham berilishi lozim, degan. Tramp esa agar men prezident bo‘lganimda, mojaro hech qachon boshlanmagan bo‘lardi, deb aytdi.
Shuningdek, Donald Tramp Putinga birgina telefon qo‘ng‘irog‘i bilan Ukrainadagi urushni tugatishi mumkinligi da’vo qilgan. Kreml esa bunga javoban bunday qo‘ng‘iroq hech narsani tugatmasligini aytdi.





