
- 3
- 19.06.2026 14:26:00
- 1 daq o'qish
Bugungi kunda ko‘plab davlatlarda o‘qituvchilarning obro‘sini tiklash, maktablarda tartibni kuchaytirish va bolalar xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalaga aylangan.
Ilgari ota-onalar farzandini “eti sizniki, suyagi bizniki” deb o‘qituvchiga ishonib topshirar edi. Hozir esa ba’zi holatlarda o‘qituvchining tarbiya berishdagi roli cheklanib, uning obro‘siga putur yetmoqda. Natijada maktablarda tartibsizlik, bezorilik va hurmatsizlik holatlari ortib bormoqda.
Janubiy Koreyada namoyish etilgan “Haqiqiy ta’lim” (“Aqlingizni kiritib qo‘yamiz”) serialida ham aynan shu muammolar yoritilgan va undagi ba’zi hikoyalar real voqealardan olingan. Ushbu serial jamiyatda katta muhokamalarga sabab bo‘lib, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni himoya qiluvchi maxsus tizim yaratish g‘oyasini kuchaytirdi.