• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

XOINONA DAVLAT TO‘NTARISHIGA URINISHGA 8 YIL TO‘LDI

XOINONA DAVLAT TO‘NTARISHIGA URINISHGA 8 YIL TO‘LDI
  • 13
  • 15.07.2024 17:14:00

XOINONA DAVLAT TO‘NTARISHIGA URINISHGA 8 YIL TO‘LDI

2016-yil 15-iyul kechasi Turkiyada demokratik yo‘l bilan saylangan hukumatni ag‘darishga qaratilgan xoinona davlat to‘ntarishiga urinish amalga oshirildi. Fathullohchi terror tashkilotining to‘ntarish tashabbusi Istanbuldagi ko‘priklarning yopilishi va tanklarning ko‘chalarga kirishi bilan boshlandi.

Ko‘plab davlat muassasa va tashkilotlari, boshda Turkiya Buyuk Millat Majlisi, Prezident majmuasi va Anqara viloyati Xavfsizlik boshqarmasi bombardimon qilindi. Tez orada bu voqealarning alohida hodisa emas, balki muvofiqlashtirilgan hujum ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Fathullohchi terror tashkiloti (FETÖ), hurmatli Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga suiqasd uyushtirish maqsadida hujum qildi. Prezidentimizning milliy televideniye orqali qilgan chaqirig‘idan so‘ng xalqimiz o‘z demokratiyasini himoya qilish uchun maydonlarga chiqdi. Millionlab fuqarolarimiz tun bo‘yi davlat to‘ntarishini rejalashtirgan terror tashkilotiga qarshi kurashdi.

16-iyul tongida Turk Qurolli Kuchlari, Xavfsizlik Bosh boshqarmasi va oʻz demokratiyasini himoya qilgan xalqimizning saʼy-harakatlari bilan hiyonatkorona toʻntarish tashabbusi bostirildi va toʻntarish tashabbuskorlari qoʻlga olindi. Harbiy va noharbiy aholidan jami 252 vatandoshimiz shahid bo‘ldi, 2740 fuqaromiz esa jarohatlandi. 15-iyul kechasi Maxsus kuchlar qo‘mondonligini himoya qilish uchun joni evaziga qarshilik ko‘rsatgan va to‘ntarishning asosiy jamoasi tarkibida bo‘lgan generalni ta’sirsiz holga keltirgan shahid O‘mer Halisdemir kabi qahramonlar to‘ntaruvchilarga qarshi to‘siq bo‘ldi. Fuqarolarimiz yopilgan Bo‘g‘oz ko‘prigida hayotlarini xavf ostiga qo‘yib, ularning joniga qasd qilishga uringan davlat to‘ntaruvchilarini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu xalqimizning hamjihatligi, azmu shijoati sinovdan o‘tgan tarixiy lahzalardan biridir.

Turkiya hukumati davlat toʻntarishiga urinishning dastlabki daqiqalaridanoq tartibni oʻrnatish va aybdorlarni javobgarlikka tortish choralarini koʻrdi. Bu jarayonda Prezidentimiz va hukumat vakillarining bayonotlariga ko‘ra toʻntarish tashabbusining, qoʻmondonlik tuzilmasining nazoratidan tashqarida - Turk Qurolli kuchlari ichiga kirib kelgan noqonuniy bir guruh tomonidan amalga oshirilganligi ma’lum bo‘ldi.

To‘ntarish tashabbusi ortida FETÖ tashkiloti turgani aniqlandi. AQShda istiqomat qiluvchi tashkilot rahbari bu hiyonatni davlat ichidagi parallel tuzilmasi yordamida amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.

G‘alaba nafaqat Turkiyada, balki butun dunyoda demokratiya tarixidagi eng sharafli qarshilik ko‘rsatishlardan biri sifatida qayd etildi.

Bugun ham kurashini davom ettirayotgan Turkiya, ayniqsa, chet elda yashiringan qochqinlar va FETÖ yetakchilarining ekstraditsiya qilinishi mavzusida do‘st va ittifoqdosh davlatlardan birdamlik kutmoqda. Xalqaro hamjamiyatda Turkiyani qo‘llab-quvvatlagan va birdam bo‘lgan davlatlar ko‘p bo‘lsa-da, to‘ntarish tashabbusiga ba’zi ittifoqchilarimizning javobi yetarli bo‘lmadi.

Bu davlatlarning ommaviy axborot vositalarida davlat to‘ntarishiga urinishning yoritilishi ham Turkiya davlatini qanoatlantiradigan darajada bo‘lmadi. Xalqaro mas’uliyatli G‘arb ommaviy axborot vositalari 15-iyul kechasi sodir bo‘lgan voqeani soddalashtirishga harakat qildi. Mamlakatimiz demokratiyasini nishonga olgan qonli to‘ntarish tashabbusini “ikki tomon o‘rtasidagi to‘qnashuv” shaklidagi haqqoniy bo‘lmagan ibora bilan xabar qildilar.

15-iyuldagi xoinona davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, Pensilvaniyada uya qurgan tashkilot rahbarini ekstraditsiya qilish uchun ko‘plab urinishlarga qaramay, ittifoqdoshimiz AQShdan ijobiy javob ololmadik. Demokratiyamizga rahna solguvchi tahdid bor paytda bunday pozitsiya egallash biz uchun afsuslanarli bo‘ldi.

Biz bilamizki, FETÖ ittifoqdosh davlatlarimiz bilan bir qatorda keng miqyosdagi mintaqalarda faoliyatini davom ettirmoqda. Nafaqat Turkiya, balki uning chegaralaridagi barcha davlatlarning xavfsizligiga tahdid solayotgan bu terror tashkilotiga qarshi har sohada kurashni davom ettiramiz.

Xoinona to‘ntarish tashabbusidan keyin demokratik tashkilotlarini yanada mustahkamlagan davlat sifatida fuqarolarimizning hayotini va mamlakatimiz mustaqilligini har sohada nishonga olgan terror tashkilotiga qarshi kurashni davom ettiramiz.

O‘sha qonli kechada jonini fido qilgan fuqarolarimiz xotirasini Turkiyaning mustaqilligi va istiqbolini himoya qilgan holda sharaflashda davom etamiz.

 

Prof. Dok. Fahrettin Altun

Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya Boshqarmasi boshlig‘i

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News