
- 4
- 18.07.2023 09:47:00
Toshkent jamoat transportida tonirovkali avtobuslar odam tashishni boshladi
Toshkent shahri ko‘chalarida 80-raqamli avtobus yo‘nalishida 10 ga yaqin tonirovkali avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgani aytilmoqda. Bu haqda Telegram’dagi Tashkent_Land kanali xabar qildi
Qayd etilishicha, ayrim avtobuslar ichidagi deraza pardalari olib tashlanib, ularning o‘rnini tonirovka egallagan. Bu orqali yo‘lovchilar turli teri kasalliklari, xavfli ultrabinafsha nurlaridan saqlanishi ko‘zda tutilgan.
“Bizga norasmiy manbalardan maʼlum bo‘lishicha, bunday avtobuslar soni 10 ga yaqin”, — deyiladi xabarda.
Manba: UzReport.uz





