• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Lazzat dunyosi” bugun sizlarga barchaning sevimli shirinligi “Paxlava” retsepti bilan bo‘lishadi😍

  • 2
  • 12.05.2023 15:58:00

“Lazzat dunyosi” bugun sizlarga barchaning sevimli shirinligi “Paxlava” retsepti bilan bo‘lishadi😍

🥚Masalliqlar:
Un 600 gr;
Sariyog‘ 350 gr;
Qatiq 300 gr;
Tuxum  4 dona;
Shakar  200gr;
Yong‘oq 300 gr;
Mayiz  300 gr;
Iste’mol sodasi 1 choy qoshiq;

 🥣Tayyorlanishi:
— Un bilan sariyog‘ aralashtiriladi.
— Tuxumlarni chaqib sarig‘ini alohida, oqini alohida idishga solamiz.
— Qatiqqa 1 choy qoshiq soda solib qo‘yiladi.
— Tayyorlayotgan xamirimizga qatiq bilan tuxumning sarig‘ini solib o‘rtacha qattiqlikda xamir qoriladi va tindirishga qo‘yiladi.
— Tuxumning oqini ko‘pirtirib, shakar bilan aralashtiriladi.
— Xamir 3 bo‘lakka bo‘linadi.
— 1 tasini yoyilib, pechda pishirib olinadi.
— Yana bittasi yoyilib, ustidan ko‘pirtirilgan tuxum oqi, yong‘oq va mayiz joylashtiriladi, so‘ngra pishirib olingan qavati qo‘yiladi, yana tuxum oqi, yong‘oq va mayiz joylashtirilib, uchinchi yoyilgan xamir ustiga yopiladi.
— Uning ustiga tuxum sarig‘i surtilib, xohlagan shaklda kesiladi va pechga 40 daqiqaga qo‘yiladi.

Tayyor bo‘lgan paxlavalarni sovuq xolda dasturxonga tortishingiz mumkin.🥰

Yoqimli ishtaha🤤

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News