• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Bugun “Lazzat dunyosi” oshxonasida salomatligingiz uchun foydali bo‘lgan “Oson tayyorlanuvchi salat” retseptini tayyorlab ko‘rdik. Retseptni saqlab olishni va do‘stlaringizga ham yuborishni unutmang🥰

  • 1
  • 16.06.2023 10:19:00

Bugun “Lazzat dunyosi” oshxonasida salomatligingiz uchun foydali bo‘lgan “Oson tayyorlanuvchi salat” retseptini tayyorlab ko‘rdik. Retseptni saqlab olishni va do‘stlaringizga ham yuborishni unutmang🥰

🥬Masalliqlar:

200 gramm qaynatilgan tovuq;
1 piyola makkajo‘xori;
200 ml qaynatilgan no‘xat;
2 ta salat bargi;
1 kosa qatiq;
2 osh qoshiq mayonez;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

- 200 gramm tovuq go‘shtini laxm joyini qozonga solib, qaynatib oling.
- Qatiqni mayonez va tuz bilan aralashtiring.
-Qatiq aralashmasiga no‘xat, salat bargi, makkajo‘xori va qaynatilgan tovuq go‘shti qo‘shing.
- Sog‘liq uchun foydali va to‘yimli salatimiz tayyor.

🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif:

Agar xohlasangiz, salatga maydalangan qizil bulg‘or qalampiri qo‘shishingiz va ustiga zaytun yog‘i sepishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha 🤤

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News