
- 0
- 06.02.2026 09:53:00
- 1 daq o'qish
2023-yil 6-fevral kuni soat 04:17 da Turkiya janubi-sharqidagi Qahramanmarash viloyatida to‘qqiz soatlik interval bilan 7,7 va 7,6 magnitudali kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi. Vayronkor zilzila Qahramanmarash bilan birga Hatay, Usmoniya, Adiyaman, Diyarbakir, Shanliurfa, Gaziantep, Kilis, Adana, Malatya va Elazig viloyatlariga ham katta talafot yetkazgan. Zilzila oqibatida 53 537 kishi halok bo‘ldi, 107 213 kishi jarohat oldi. Millionlab insonlar uy-joysiz qoldi.
O‘tgan davrda zilzila oqibatlari bartaraf etildi, biroq undan qolgan yo‘qotishlar va og‘riqlar hech qachon unutilmaydi.
Halok bo‘lgan turk qardoshlarimiz xotirasiga chuqur ta’ziya bildiramiz va bunday og‘ir fojialar boshqa takrorlanmasligini tilab qolamiz!