• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Buxoroda 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini sotayotganlar ushlandi

Buxoroda 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini sotayotganlar ushlandi
  • 3
  • 08.08.2023 10:46:00

Buxoroda 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini sotayotganlar ushlandi

Ular 437,3 gramm oltin bo‘laklarini $7 ming va 300 mln so‘mga pullamoqchi bo‘lgan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqarolar J.R., J.N. va F.O‘. Shofirkon tumani hududida jami 437,3 gramm bo‘lgan 4 dona sof quyma oltin bo‘laklarini fuqarolar R.Sh., F.Sh.ga 7 ming AQSH dollari va 300 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uznews.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News