• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

❗️ Avtobuslarda yo‘l haqini naqd berganlar jarimaga tortiladi

❗️ Avtobuslarda yo‘l haqini naqd berganlar jarimaga tortiladi
  • 2
  • 07.01.2025 11:05:00

❗️ Avtobuslarda yo‘l haqini naqd berganlar jarimaga tortiladi

 

Transport nazorati inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi inspektori Salimjon Nishonboyev yo‘l haqini naqd pul ko‘rinishida bergan yo‘lovchi jarimaga tortilishi mumkinligini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, yo‘l haqini naqd to‘lamoqchi bo‘lgan yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasiga (transportda chiptasiz yurish) asosan tuziladi va BHMning o‘ndan biri miqdorida — 37 ming 500 so‘m jarima belgilanadi. “Agar yo‘lovchi yo‘l haqini naqd ko‘rinishda qabul qiladigan bo‘lsa, haydovchi qabul qilmasligi kerak. Birinchi safar ogohlantirish beriladi. Ogohlantirishga qaramasdan huquqbuzarlik takrorlanadigan bo‘lsa, o‘rnatilgan tartibda haydovchiga ham yo‘lovchiga ham ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishga to‘g‘ri keladi”, deydi Salimjon Nishonboyev.

❗️Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 1-yanvardan avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatilgan. Jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif — 3 000 so‘m, agar to‘lov elektron to‘lov tizimi (transport yoki bank kartasi) orqali amalga oshirilsa 1 700 so‘m bo‘ladi.

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News