Harbiy xizmatga boradiganlar giyohvand moddalar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi

Harbiy xizmatga boradiganlar giyohvand moddalar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi
  • 5
  • 15.09.2026 09:32:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda muddatli va kontrakt asosidagi harbiy xizmatga qabul qilinayotgan fuqarolar giyohvandlik vositalarini iste’mol qilgan-qilmaganini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Tekshiruv ikki bosqichda amalga oshiriladi: avval siydik namunasi ekspress-test orqali tekshiriladi. Natija musbat chiqsa, siydik yoki qon namunasi qo‘shimcha laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Tekshiruv natijasi musbat chiqqan yoki biologik namuna topshirishdan bosh tortgan fuqarolar harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmaydi.
Yangi tartib Adliya vazirligi tomonidan 14-sentabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tekshiruvga oid ma’lumotlar va natijalarning maxfiyligi ta’minlanadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News