
- 0
- 06.10.2023 09:20:00
Bu yilgi Nobel mukofoti norvegiyalik Yun Fossega berildi
Norvegiyalik yozuvchi va dramaturg o‘z pyesalari va nasriy asarlarida "so‘zlab bo‘lmaydigan narsani ifoda etgani uchun" bu mukofotga loyiq ko‘rildi.
Norvegiyalik yozuvchi va dramaturg Yun Fosse 2023 yilgi adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi. Shvetsiya akademiyasi a’zolarining qarori 5 oktyabr, payshanba kuni e’lon qilindi.
Hakamlar hay’ati Fossening «so‘zlab bo‘lmaydigan narsani ifoda etuvchi» pesalari va nasriy asarlarini yuqori baholadi. Shvetsiya akademiyasining ta’kidlashicha, norvegiyalikning ijodi juda katta va turli janrlarni qamrab oladi.
Manba: kun.uz