• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Bu safar tovuq go‘shtini tayyorlashga o‘zgacha yondashdik va “Qovurilgan tovuq kabob” tayyorladik😍 Issiqqina tovuq kabob va mazali sous retseptini sizga ham ilindik.

  • 2
  • 20.06.2023 10:41:00

Bu safar tovuq go‘shtini tayyorlashga o‘zgacha yondashdik va “Qovurilgan tovuq kabob” tayyorladik😍 Issiqqina tovuq kabob va mazali sous retseptini sizga ham ilindik.

🍗Masalliqlar: 

500 gramm lahm tovuq go‘shti;
2 stakan suv;
1 choy qoshiq iste’mol sodasi;

🍞Belab olish uchun:

1 stakan un;

🧄Qovurish uchun un va ziravorli massa:

1,5 choy qoshiq tuz;
1 stakan un;
200 ml gazli suv;
2 dona sarimsoq (ezilgan);
1 choy qoshiq maydalangan qalampir;

🍅Sous uchun:

1 stakan qatiq;
4 osh qoshiq mayonez;
2 dona sarimsoq (ezilgan);
1 osh qoshiq olma sirkasi;
1/2 choy qoshiq tuz;
1/2 chashka yong‘oq (maydalangan);
Quritilgan shivit (maydalangan);

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

-  Tovuq go‘shtini katta idishga solib, iste’mol sodasi va suv solib, muzlatgichda 30 daqiqaga qoldiring.
- Alohida idishga gazli suv, un, tuz, timyan, ezilgan sarimsoq va maydalangan qalampir solib yaxshilab aralashtiring.
- Muzlatgichdagi tovuqlarni bo‘laklarga bo‘ling va idishga soling.
- Avval unga, so‘ngra achchiq aralashmaga botirib, qizdirilgan yog‘da tovuqlarni qizartirib oling.
- Sous uchun:
 - Bir piyola qatiq, mayonez, sarimsoq, olma sirkasi, tuz, yong‘oq va shivitni aralashtiring.
- Qovurilgan tovuq kaboblarimiz tayyor, dasturxonga sous bilan tortishingiz mumkin. 

Yoqimli ishtaha 🤤
 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News