• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“TDIU”da 8-9-noyabr kunlari dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi

“TDIU”da 8-9-noyabr kunlari dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi
  • 7
  • 07.11.2023 15:10:00

“TDIU”da 8-9-noyabr kunlari dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydi

Joriy yilning 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti bo‘lib o‘tishi munosabat bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti atrofidagi ba’zi koʻchalar yoʻllari yopiladi. 

“Talabalar va professor-oʻqituvchilarning universitetga kelishlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklarning oldini olish maqsadida 8-9-noyabr kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmasligini ma’lum qilamiz.”— deydi universtitut matbuot xizmati.  8-9-noyabr kunlari universitetning barcha xodimlari va professor-o‘qituvchilari masofaviy (online) ish rejimiga o‘tkaziladi. Talabalar turar joylarida yashovchi talabalar o‘z joyida qoladi.
 
Ma’lumot oʻrnida, 2023-yil 8-9-noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari 10-17-noyabr kunlari oralig‘ida professor-o‘qituvchilarning dars jadvaliga moslashtirilgan holda rejalashtiriladi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News