
- 4
- 16.08.2023 19:28:00
Samarqandda Jahon turkiy tibbiyot kongressi boʼlib o‘tadi
Uchrashuvda TDTga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning sogʼliqni saqlash vazirlari, shuningdek, diplomatik korpus vakillari, yetakchi oliy tibbiyot oʼquv yurtlari rektor va professorlari, nufuzli tibbiyot klinikalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari, yirik farmatsevtika va tibbiyot kompaniyalari hamda dunyoning turli mamlakatlaridan olimlar ishtirok etadi.Аnjuman ishtirokchilari sogʼliqni saqlash sohasidagi hamkorlik, qoʼshma loyihalarni amalga oshirish va ishtirokchi mamlakatlarning tibbiyot fanlarini rivojlantirish sohasidagi mavjud salohiyatini oshirish bilan bogʼliq masalalarni muhokama qiladilar.Bundan tashqari, sogʼliqni saqlash vazirlarining uchrashuvida navbatdagi Kongress oʼtkaziladigan mamlakat nomi ham aniqlanadi
Dasturga muvofiq, tadbir ishtirokchilari sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni rivojlantirish, tibbiyot fanlarini rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi. Hozirda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya va Oʻzbekiston, Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi sifatida aʼzo boʻlgan Turkiy davlatlar tashkiloti 2009-yil oktabr oyida Turkiy Kengash sifatida tashkil etilgan, 2021-yil noyabr oyida esa Turkiy Davlatlar Tashkiloti deb oʻzgartirilgan. Uning asosiy maqsadi turkiy xalqlar o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdir





