“AQSH urushda sharmandali tarzda yutqazdi” — Eron oliy rahnamosi

“AQSH urushda sharmandali tarzda yutqazdi” — Eron oliy rahnamosi
  • 2
  • 01.05.2026 10:38:00
  • 1 daq o'qish

Eron oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy 30-aprel kuni yo‘llagan murojaatida AQSHni bilan urushda mag‘lub bo‘lganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada yangi bosqich boshlanmoqda.

Xomanaiy AQSHning mintaqadagi harbiy bazalarini tanqid qilib, ularni samarasiz deb atadi va Ko‘rfaz hududini AQSHsiz tasavvur qilishini bildirdi. U, shuningdek, Eron o‘zining yadro, bio, nano va raketa texnologiyalarini qat’iy himoya qilishini ta’kidladi.

Ayni paytda, Eron harbiy-dengiz kuchlari yaqin orada yangi dengiz qurollari ishga tushirilishini ma’lum qilgan. Hormuz bo‘g‘ozida esa vaziyat keskinlashgan — Eron kemalar harakatini cheklab, ayrimlaridan boj ola boshlagan. Shu bilan birga, AQSH Yaqin Sharqqa gipertovushli raketa joylashtirish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News