
- 9
- 04.11.2025 15:45:00
Mauritiusdagi “suv osti sharsharasi” — tabiat yaratgan sehrli illyuziya
Hind okeanining yuragida joylashgan Mauritius oroli nafaqat oq qumli sohillari, balki dunyoda yagona “suv osti sharsharasi” manzarasi bilan ham mashhur. Yuqoridan qaraganda go‘yo okean tubiga qulayotgan ulkan sharshara ko‘rinadi.
Aslida esa bu — qum va loy oqimlarining tabiiy illyuziyasi, suv oqimlari va marjon tuzilmalari o‘zaro uyg‘unlashgan optik mo‘jiza.
Bu manzarani faqat osmonda, vertolyot yoki drondan tomosha qilish mumkin — va u har bir sayyoh uchun unutilmas lahzaga aylanadi.
Bir so‘z bilan aytganda: Mauritiusning suv osti sharsharasi — tabiatning ko‘zga sig‘maydigan sehri!





