
- 2
- 25.05.2023 16:36:00
Toshkentdagi 47-sonli avtobus yo‘nalishi harakati qisqartirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59-sonli qaroriga asosan Toshkent shahridagi muntazam avtobus yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto-shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich o’tkazish maqsadida, 2023-yil 1-iyun kunidan boshlab:
47-sonli “Do‘stlik 2-mavzesi-Guliobod ko‘chasi" avtobus yo‘nalishi harakati "Do‘stlik 2-mavzesi- Xalqaro Aeroport-2" oralig‘ida bog’lovchi avtobus yo'nalishi tashkil etilmoqda.
Ushbu avtobus yo’nalishi 13 ta jadval asosida 7-8 daqiqalik interval bilan harakatlanadi.
Ma'lumot o'rnida, yo'nalishdan foydalanayotgan yo'lovchilar uchun Xalqaro Aeroport-2 bekatidan Guliobod ko‘chasiga 11-sonli magistral va 76-sonli bog‘lovchi avtobus yo‘nalishlari orqali yetib olish imkoniyati mavjud.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent shahrida 1-iyundan boshlab 123-sonli yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilayotgani haqida xabar bergan edik.