• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Toshkentdagi 7 ta avtobus harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Toshkentdagi 7 ta avtobus harakat yo‘nalishi o‘zgardi
  • 4
  • 10.11.2023 07:38:00

Toshkentdagi 7 ta avtobus harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Poytaxt yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 10-noyabr kunidan boshlab 12-, 26-, 30-, 54-, 73-, 133- va 150-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi. “Toshshahartransxizmat” xabar qiladi.

Xabarga ko‘ra: “1-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 12-sonli “Food city savdo markazi – Boshliq mavzesi” avtobus yo‘nalishining harakati “Food city” savdo markazi bekatidan Qoʻyliq dehqon bozori bekatigacha qisqartirilganligini va yoʻnalish nomi 12-sonli “Qoʻyliq dehqon bozori – Boshliq mavzesi” avtobus yoʻnalishi deb nomlangan.

“1-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 26-sonli “Majnuntol mahallasi – Oloy bozori” va 54-sonli “Qoʻyliq 1-mavzesi – Doʻstlik metrosi” avtobus yo‘nalishlarining hamda

“2-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 30-sonli “Olmos mahallasi – Toshkent MUM” avtobus yo‘nalishining harakati Ohangaron shox koʻchasi va Shoximardon koʻchasi kesishmasida tashkil etilgan yangi chorraha orqali oʻzgartirilgan.

“12-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 133-sonli “Qipchoq AShB – Food city savdo markazi” avtobus yoʻnalishining Food city savdo markazidan qaytish harakati Gulzor mahallasiga kirmagan holda 4P21, Jaloir mahallasi, 4P21 yoʻli orqali keying harakati oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻzgartirilgan.

“7-avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 73-sonli “Chorsu metrosi – Chinni bozori” yoʻnalishining Chorsu metrosidan borish harakati Sakkokiy va THAY koʻchalari chorrahasidan keying birinchi burilib olish manzili orqali keying harakati oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻzgartirilgan.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News