
- 0
- 20.06.2024 14:48:00
Isroil yaqinida 3300 yillik kemaning qoldiqlari topildi
Isroillik arxeologlar O‘rtayer dengizining sharqiy qismida dengiz tubida topilgan eng qadimgi kema qoldiqlaridan yoshi 3 300 yillik tarixga ega qadimgi saqlash idishlari — amforalar topildi.
Ushbu kashfiyot neft va gazni muntazam o‘rganish chog‘ida topilgan. Kema halokati mintaqada topilgan “birinchi va eng qadimgi” boʻlib, boʻron paytida yoki qaroqchilar hujumi natijasida choʻkib ketgan boʻlishi mumkin.
Idishlar shu yozda Quddusdagi Isroil arxeologiyasi milliy kampusida namoyish etilishi kutilmoqda.