O‘zbekistonda soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirish tartibi yangilanadi

O‘zbekistonda soliq qarzi va muammoli kreditlarni undirish tartibi yangilanadi
  • 0
  • 02.04.2026 11:24:00
  • 1 daq o'qish

Prezident farmoniga ko‘ra, Bosh prokuratura, Markaziy bank va Soliq qo‘mitasi hamkorligida soliq qarzlari hamda muammoli kreditlarni undirish tizimi raqamlashtiriladi. Endilikda, xatlangan mol-mulklarni davlat ijrochisi qarori bilan elektron onlayn auksion orqali sotish imkoniyati yaratiladi. Ayrim hollarda, yuridik shaxslar mol-mulkini xatlash ishlari soliq organlari yoki tijorat banklari vakolatli xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, muammoli kreditlar bo‘yicha undirish ishlari ixtisoslashtirilgan davlat ijrochilariga yuklatilib, majburiy ijro byurosi tizimiga qo‘shimcha 400 ta shtat ajratiladi. Bundan tashqari, 2026-yil 1-maydan aliment qarzdorlariga nisbatan ayrim xizmatlardan foydalanish cheklanadi. 1-iyuldan esa davlat daromadiga o‘tkaziladigan avtotransport va ko‘chmas mulklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News