- 2
- 23.09.2023 11:42:00
🎬“Kino 5 kunda” xalqaro tanlovi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
Renessans kino uyida “Kino 5 kunda” xalqaro tanlovi bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi. Matbuot anjumanida @sanatdunyosi’ ham yaqindan ishtirok etdi. “O‘zbekiston — mening orzuyim” nomi ostida o‘tkazilayotgan tanlovda MDH davlatlaridan tashrif buyurgan yosh rejissyorlar O‘zbekistonning tarixiy manzillari, jumladan, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlarda bo‘lib, qisqa-metrajli film suratga oladi.
Tanlov ishtirokchilari 5 kun ichida film suratga olishi kerak bo‘ladi va shu orqali iqtidorli yosh rejissyorlar saralanadi.
❗️Eslatib o‘tamiz, Toshkent xalqaro kinofestivali 29-sentabrdan 2-oktabrgacha bo‘lib o‘tadi.