
- 1
- 27.06.2024 16:26:00
Prezident ilk elektromobillarga imzo qo‘ydi
27-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga bordi. U yerda elektromobillar ishlab chiqaruvchi BYD Uzbekistan Factory qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishib, ilk elektromobillarga imzo qo‘ydi.
Mazkur zavod shu yil yanvarda davlat rahbarining Xitoyga tashrifi chog‘ida ishga tushirilgan bo‘lib, yiliga 50 ming dona elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Kelgusi yillarda zavodda modellar qatorini kengaytirish rejalashtirilgan. Qiymati 300 million dollarlik ikkinchi bosqichda elektromobillar sonini yiliga 200 ming donaga, 500 million dollarlik uchinchi bosqichda 500 ming donagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.