Prezidentning hokim bo‘lib ishlagan davrdagi xizmat kabineti va xizmat avtomobili ko‘rsatildi

Prezidentning hokim bo‘lib ishlagan davrdagi xizmat kabineti va xizmat avtomobili ko‘rsatildi
  • 0
  • 24.04.2026 10:22:00
  • 1 daq o'qish

23-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligiga tashrif buyurdi. Hokimlik binosida uning 1992–1996 yillarda tuman hokimi bo‘lib ishlagan davridagi xizmat xonasi va o‘sha paytdagi xizmat avtomobili qayta tiklangan holatda namoyish etildi. O‘sha davrdagi muhim qarorlar ham ko‘rgazmaga qo‘yildi.

Tashrif davomida tuman boshqaruvidagi yangi raqamli tizimlar bilan tanishildi. Prezident ushbu tizimni Toshkentning boshqa tumanlarida ham joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi hamda barcha tegishli rahbarlarga uni o‘rganish vazifasini yukladi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News