
- 5
- 21.08.2023 07:17:00
Shavkat Mirziyoyev Vengriyada yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qildi
Budapesht shahrida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov bilan suhbatlashdi.
Ikki tomonlama amaliy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yetakchilar jahon chempionatining erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga yugurish bo‘yicha final bahsini tomosha qildilar. Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Manba: uza.uz





