
- 13
- 28.08.2024 16:15:00
Prezident Olimpiadachilar bilan uchrashdi
Bugun, 28-avgust kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parij Olimpiadasida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari sportchilarni 33-yozgi Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etib, erishgan ulkan tarixiy g‘alabasi bilan yana bir bor chin qalbdan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, prezident Olimpiada o‘yinlarida ozgina omadi kelmagan sportchilarni ham tabriklab, garchi sovrinli o‘rinlarga erishmagan bo‘lsalar ham, o‘ziga xos katta tajriba maktabi bo‘lganini aytdi va kelgusida ulardan yuksak natijalar kutishga umid bildirdi.
Uchrashuv so‘ngida davlatimiz rahbari g‘olib va sovrindorlariga davlat mukofotlarini topshirdi.