
- 2
- 28.09.2023 15:36:00
Prezident Germaniyaga joʼnab ketdi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Germaniya Federal Kantsleri Olaf Sholtsning taklifiga binoan 28 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan Berlin shahriga joʼnab ketdi.
Аvval xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari Germaniya poytaxtida bir qator rasmiy va ishbilarmonlik uchrashuvlarini oʼtkazadi, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari formatidagi tadbirlarda ishtirok etadi.