
- 4
- 01.08.2024 16:03:00
Afg‘onistonning anorli ichimligi sifatsiz bo‘lib chiqdi
O‘zbekistonda sotilayotgan Afg‘onistonning anorli ichimligi sifat talablariga javob bermasligi va uning tarkibida “Azorubin, E 122” moddasi belgilangan meʼyordan ortiq ekanligi aniqlandi.
“Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ning 36-bandiga muvofiq, tarkibida rang beruvchilar (E122 azorubin, E sariq xinolin, FCF E110 sariq “quyosh botishi”, AS E129 qizil maftunkor, 4R E124 ponso va E102 tartrazin) oziq-ovqat mahsulotlari uchun “Tarkibida rang beruvchi (rang beruvchilar) mavjud, ular bolalarning faolligiga va diqqatiga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin” degan ogohlantiruvchi yozuv yozilishi kerak. Shularni inobatga olgan holda, tegishli qonunlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarmaslik qonun buzilishiga olib kelishi ogohlantirildi.