• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
  • 8
  • 07.06.2023 17:31:00

Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Bugun, 7-iyun kuni, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva – Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9620 reysini amalga oshirayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Bortida 171 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 14:42 da Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan.

Qo‘nishga sabab tug‘rug‘i boshlangan homilador yo‘lovchi bo‘lgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportga qo‘ndirishga qaror qilgan.

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Manba: xabardor.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News