
- 7
- 27.07.2024 15:22:00
Parij Olimpiadasiga start berildi
26-iyul kuni Parijda XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. U tarixda birinchi marta stadionda emas, balki suvda - Sena daryosida o‘tkazildi. An’anaviy milliy qayiq paradida 206 davlatdan 10 mingdan ortiq sportchi ishtirok etdi.
O’zbekiston delegatsiyasi o’zi uchun ajratilgan kemada yurtimiz bayrog’ini mag’rur hilpiratib o’tishdi. O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarida ilk bor 90 nafar sportchi bilan qatnashmoqda.
Parijdagi XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari 26-iyulidan 11-avgustiga qadar bo‘lib o‘tadi. Ularda sportning 32 turi bo‘yicha 329 ta sovrinlar jamlanmasi uchun kurash olib boriladi.