
- 1
- 30.03.2023 13:51:00
Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlar soni 2 baravar ko‘paygan
Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Kegeyli tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasida sanoatini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Qayd etilganidek, so‘nggi olti yilda Qoraqalpog‘istonda 15 trillion so‘m investitsiya hisobiga 5 ming 300 dan ziyod loyiha amalga oshirildi. Tadbirkorlar soni 2 baravar ko‘payib (11 mingdan 23 mingga), 46 mingta doimiy ish o‘rni yaratildi.
Ilgari sanoati eng past bo‘lgan 6 ta tumanda ishlab chiqarish 2-3 baravar oshib, Qoraqalpog‘istondagi ulushi 12 foizga yetdi (2016 yilda – 7 foiz).
Ayniqsa, kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat, tekstil va to‘qimachilik, farmatsevtika sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish 2 baravardan ziyod o‘sgan.
Manba: uza.uz