Niderlandiyada ilk bor 12 yoshdan kichik bola evtanaziya qilindi

Niderlandiyada ilk bor 12 yoshdan kichik bola evtanaziya qilindi
  • 0
  • 25.06.2026 11:24:00
  • 1 daq o'qish

Niderlandiyada og‘ir va bedavo kasallikka chalingan 12 yoshdan kichik bola evtanaziya qilindi. Bu 2023-yilda qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlardan keyingi ilk holat bo‘ldi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Sofi Xermansning ma’lum qilishicha, protsedura 2025-yil oxirida amalga oshirilgan. Biroq bolaning yoshi, tashxisi va hodisaning aniq sanasi oshkor etilmagan.
Niderlandiya 2002-yilda evtanaziyani qonuniylashtirgan dunyodagi ilk davlat bo‘lgan.

Evtanaziya — og‘ir darddan aziyat chekayotgan odamning o‘limini qasddan tezlashtirish yoki uni og‘riqlardan xalos qilish maqsadida hayotini tugatish jarayonidir. Odatda bu bemorning yoki uning vakolatli vakilining roziligi bilan amalga oshiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News