O‘zbekistonda “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi boshlandi

O‘zbekistonda “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi boshlandi
  • 3
  • 22.05.2026 17:59:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda BAA tajribasi asosidagi “Milliy kitobxonlik harakati” dasturi yo‘lga qo‘yildi. G‘olib bo‘lgan ishtirokchiga 50 ming dollar mukofot beriladi.

Dastur Xalqaro kongress markazida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida start berildi. Unda kitobxonlikni rivojlantirish va yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Prezidentning aytishicha, raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan davrda mustaqil fikrlash eng muhim ustunliklardan biridir. Kitob o‘qish esa insonning tafakkurini rivojlantirib, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi. Shuningdek, 2017-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan “Yosh kitobxon” tanlovi ham millionlab yoshlarni kitobga yaqinlashtirgani qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi dastur barcha hududlarni qamrab oladi va 1–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Umumiy mukofot jamg‘armasi 240 ming dollarni tashkil etadi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News