• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Eng ko‘pi Samarqand viloyatida, eng kami Sirdaryo: mast holda transport boshqarish holatlari statistikasi e’lon qilindi

Eng ko‘pi Samarqand viloyatida, eng kami Sirdaryo: mast holda transport boshqarish holatlari statistikasi e’lon qilindi
  • 6
  • 19.07.2023 09:29:00

Eng ko‘pi Samarqand viloyatida, eng kami Sirdaryo: mast holda transport boshqarish holatlari statistikasi e’lon qilindi

O‘zbekiston Oliy sudi 2018—2022-yillar hamda 2023-yilning birinchi choragida sudlarda ma’muriy huquqbuzarliklarga doir ishlarning ko‘rilishi dinamikasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi —  transport vositalarini mast holda boshqarish bo‘yicha 2023-yilning uch oyida 5 709 ta ish ko‘rib chiqilgan.

Mast holda transport boshqarish bo‘yicha eng ko‘p holatlar Samarqand viloyatida qayd etilgan  — 900 ta. Eng kam holat esa Sirdaryo viloyatida — 142 ta. Toshkent shahrida mast holda mashina boshqarish bo‘yicha 339 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan.

Shu bilan birga, bunday huquqbuzarliklar soni 4 yil davomida kamayib borganini ko‘rish mumkin. 2019-yilda transport vositalarini mast holda boshqarish bo‘yicha jami 26 814 ta ma’muriy ish ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 23 063 tani, 2021-yilda 25 680 tani, 2022-yilda 23 960 tani tashkil etgan.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 136-moddasi —  transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi bo‘yicha 2023-yil birinchi choragida 1 795 ta ma’muriy ish ko‘rilgan. Bu huquqbuzarlik bo‘yicha eng ko‘p holatlar Farg‘ona viloyatida (488 ta), eng kami esa Buxoro viloyatida (4 ta) qayd etilgan.

manba: report.az

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News