• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Dunyodagi eng mazali sho‘rva😍

Dunyodagi eng mazali sho‘rva😍
  • 1
  • 18.07.2026 11:03:00

Dunyodagi eng mazali sho‘rva😍

Masalliqlar:
1 kg qo‘y go‘shti
0,5 kg qo‘y dumbasi
4 dona piyoz
4 dona sabzi
3 dona bulg‘or qalampiri
10 dona kartoshka
5 dona pomidor

Tayyorlanishi:
Birinchi qozonga suv va qo‘y go‘shti va dumbasi solinib, qaynatiladi. Qaynab chiqqandan so‘ng, sho‘rvaning ko‘pigi olinib, sabzi, to‘g‘ralgan piyoz va maydalab to‘g‘ralgan bulg‘or qalampiri solinadi. Kartoshka esa, qaynaganda maydalanib ketmasligi uchun, doka bilan o‘ralib, keyin qozonga solinadi. Sho‘rva yana bir qaynagandan so‘ng, kattaroq shaklda to‘g‘ralgan pomidor, bulg‘or qalampiri va tuz qo‘shiladi. Sho‘rva past olovda 3 soat davomida qaynatiladi. Sho‘rvani dastruxonga tortishdan oldin, qo‘y dumbasi taxtakachda mayda qilib to‘g‘ralib, sho‘rvaga aralashtirib olinadi. Mazali sho‘rvamiz tayyor!

Yoqimli ishtaha😋❤️

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News