
- 3
- 30.08.2023 11:51:00
G‘ijduvon hokimining shashlikni patentlash to‘g‘risidagi fikrini zazirlik rad etdi
Tuman hokimi Sherzod Ashurov endi boshqa hududlardagi kabobchilar Gʻijduvon kabobini sotish uchun tuman hokimligi ruxsatini olishi kerakligi haqida aytdi. Ammo Adliya vazirligi muayyan tovarning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklamasligini bildirdi.
Biroq Adliya vazirligi buni inkor etdi. Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatida birinchi bo‘lib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ushbu geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi guvohnoma uning egasi, ya’ni Gʻijduvon tuman hokimligiga guvohnomada ko‘rsatilgan tovar turiga nisbatan foydalanish huquqini beradi. Muayyan tovarning geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi jismoniy va yuridik shaxslarga qo‘shimcha majburiyatlarni yuklamaydi.
«Geografik ko‘rsatkichlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, agar geografik ko‘rsatkichni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs muayyan sifati, nom qozongani yoki boshqa xususiyatlari sezilarli darajada uning geografik kelib chiqishiga bog‘liq bo‘lgan tovarni ishlab chiqarayotgan bo‘lsa, mazkur shaxs ushbu geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqini oladi. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan geografik ko‘rsatkichdan foydalanish huquqi xuddi shu geografik ob’yektda joylashgan va xuddi shunday xususiyatlarga ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarayotgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga ham berilishi mumkin.
Manba: kun.uz